Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash


25/06/2008

[insert caption here]
Tadbir tashkilotchilari uning samara berishiga ishonmasa ham, jamoatchilik senzura haqida bilishi kerak degan fikrda
O’zbekistondagi siyosiy jarayonlarni yorituvchi Internet saytlari birlashib global tarmoqda senzuraga qarshi aksiya boshlagan.

Tadbir tashkilotchilari uning samara berishiga ishonmasa ham, jamoatchilik senzura haqida bilishi kerak degan fikrda.

Daniil Kislov Markaziy Osiyodagi ommabop Ferghana.ru axborot saytining asoschisi va rahbari. Uning aytishicha, 2005 yilgi Andijon voqealaridan so’ng mustaqil matbuotga nisbatan senzura kuchaygan.

Ferghana.ru ham Internet-senzuraga qarshi aksiyaga qo’shilgan. Aksiyaga a’zo saytlar bosh sahifasiga “O’zbekistonda taqiqlangan” degan belgi qo’yishga kelishib olgan.

Mening fikrimcha O’zbekistonda Internet Xitoy va Turkmanistonda ham qattiqroq nazorat qilinadi, deydi Kislov.

Ferghana.ru sahifasi o’zbek, rus va ingliz tillarida har kuni mintaqaga doir xabarlar va tahliliy maqolalar chop etadi. Sayt rahbarining aytishicha, unga har kuni kiradigan deyarli 7,000 kishining atigi 100-200 tasi O’zbekistondan.

Bu raqam bir oz yuqori bo’lishi ham mumkin, chunki ba’zilar saytga proksi-serverlar orqali kiradi va ular boshqa mamlakatdan kirgan degan tasavvur paydo bo’ladi, deydi Kislov.

O’zbekistondagi Internet kafelarda Ferghana.Ru va shu kabi saytlarga kirish amri mahol, chunki O’zbekistonni Internet bilan ta’minlovchi davlat provayderlik kompaniyalari u orqali o’tayotgan axborotni elakdan o’tkazadi, ayrim saytlarga kirish yo’llarini to’sadi.

Buni Toshkentdagi Internet kafe egalaridan biri ham ta’kidlaydi.

Uning aytishicha, senzurani Internet kafelar emas, provayderlar qo’yadi.

Ba’zi hollarda, deydi Daniil Kislov, Internet senzuradan xoli bo’ladi. Masalan, Internetga uyali telefon orqali kirilsa yoki jamoatchilik joylarida bepul Wi-Fi tizimidan foydalanilsa.

Ferghana.Ru loyihasi O’zbekistondan Internetga kira olmayotgan o’quvchilariga xabarlarni kundalik ravishda elektron pochta orqali tarqatadi.

Bu doim ham xavfsiz emas, deydi loyiha rahbari, chunki ba’zi hollarda elektron maktublar o’qilishi va nazorat etilishi mumkin.

O’zbekistonda Internet-senzura davom etarkan, odamlar taqiqlangan saytlarga kirish uchun texnik bilimini kundalik ravishda oshirib borishi, bu boradagi yangiliklardan boxabar bo’lib turishi kerak, deydi Daniil Kislov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda o'quvchilar paxta terimiga jalb qilinmasligi mumkin  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Turkiya, Armaniston aloqalarni normallashtirishga tayyor
AQSh: Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi birlashishi lozim
Xalq Partiyasi rahbari Osif Ali Zardariy – Pokiston prezidenti
Tojikistonda radikal diniy oqim – salafiylar kuchaymoqda
Taniqli olim, nodir inson, tilshunos Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…  Audio Clip Available
Makkeyn: "Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman"
Yevropa Ittifoqi: Gruziyadagi mojaro xalqaro tergov qilinsin
AQSh kelajakda lotin amerikaliklar mamlakati bo'ladi
Kollektiv xavfsizlik a'zolari Kavkaz mojarosiga doir bayonot chiqardi
BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Tanishing: Sara Peylin, AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti
Eron yoshi yetmagan insonlarni qatl etganlikda ayblanmoqda
Putin Rossiyaning O'zbekistondagi pozitsiyasini mahkamladi
AQShda minglab musulmonlar ro'za tutmoqda
Dik Cheyni Tbilisiga 1 milliard dollarlik yordam paketi yetkazadi
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida