Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi

01/07/2008

AQShning “Nyu-York Tayms” gazetasiga ko’ra, o’tgan yili Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh qabilaviy hududlarida AQSh maxsus kuchlari operatsiyalarini yengillashtiruvchi maxfiy reja ishlab chiqilgan edi. Ammo, deb yozadi, gazeta, reja amalga oshmagan.

AQSh Mudofaa vazirligi so’zlovchisi Brayan Vitmanning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Afg’oniston-Pokiston chegarasida terrorchilar haligacha yo’qotilmaganidan norozi.

Pokistonning shimoli-g’arbida Tolibonga xayrihoh kuchlar va al-Qoida a’zolari panoh topib, imkon bo’lganda chegara ortidan AQSh va NATO kuchlariga hujumlar qilmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Pokiston ularga yetarlicha bosim qo’ya olmayapti. Bu esa AQShni xavotirga solmoqda.

Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchi Ken Katsmen fikricha, Pokiston AQSh bosimi bilangina jangarilarga qarshi keskin kurashmoqda.

"Pokiston tashabbusni qo’liga olmasa, AQSh bir tomonlama harakat qilishi mumkinligini yaxshi biladi," deydi tahlilchi.

Kecha Afg’onistonning Xost viloyatida NATO kuchlari Pokiston askarlari bilan hamkorlikda 11 nafar jangarini o’ldirgan. Pokistonliklar NATO hujumidan qochib chegarani kesib o’tayotgan jangarilarni o’qqa tutgan. Xostdagi yana bir operatsiyada AQSh va NATO kuchlari 33 jangarini yo’q qilgan. Zabul viloyatida esa politsiya bilan to’qnashuv paytida besh tolib o’ldirilgan.

Bugun, shuningdek ma’lum bo’lishicha, AQSh va NATOning Afg’onistondagi talafotlari so’nggi ikki oy ichida Iroqdagi qurbonlardan ham ko’p bo’lgan. Hisoblarga ko’ra, iyun oyida Iroqda 31 nafar xorijiy askar, jumladan 29 amerikalik halok bo’lgan. Afg’onistonda esa shu oy ichida xalqaro koalitsiyaning 45 harbiysi jon bergan. Shuni ta’kidlash joizki, Iroqda Afg’onistondan ko’ra ikki baravar ko’p xorijiy askar xizmat qiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda o'quvchilar paxta terimiga jalb qilinmasligi mumkin  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Turkiya, Armaniston aloqalarni normallashtirishga tayyor
AQSh: Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi birlashishi lozim
Xalq Partiyasi rahbari Osif Ali Zardariy – Pokiston prezidenti
Tojikistonda radikal diniy oqim – salafiylar kuchaymoqda
Taniqli olim, nodir inson, tilshunos Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…  Audio Clip Available
Makkeyn: "Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman"
Yevropa Ittifoqi: Gruziyadagi mojaro xalqaro tergov qilinsin
AQSh kelajakda lotin amerikaliklar mamlakati bo'ladi
Kollektiv xavfsizlik a'zolari Kavkaz mojarosiga doir bayonot chiqardi
BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Tanishing: Sara Peylin, AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti
Eron yoshi yetmagan insonlarni qatl etganlikda ayblanmoqda
Putin Rossiyaning O'zbekistondagi pozitsiyasini mahkamladi
AQShda minglab musulmonlar ro'za tutmoqda
Dik Cheyni Tbilisiga 1 milliard dollarlik yordam paketi yetkazadi
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida