Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda

02/07/2008

"Ozodlik" radiosi rahbari Jeffri Gedmin “Vashington Post” (Washington Post) gazetasida chop etilgan maqolasida, O’zbekistonda mustaqil jurnalistlarga qarshi keng qamrovli kampaniya ketmoqda, deydi.

Uning yozishicha davlat televideniyesi maxsus ko’rsatuv tayyorlab, "Ozodlik" muxbirlarini jinoyatchi va vatan xoinlari deb atagan. Efirda ularning surati ko’rsatilib, oilalari haqida ma’lumot va uy manzillari tilga olingan. Ko’rsatuv efirga kamida uch marotaba uzatilgan, deydi Gedmin. 

Uning nazarida O’zbekistondagi vaziyat AQShning keyingi prezidenti uchun jumboq bo'lsa ajabmas. Qo’shma Shtatlar O’zbekiston bilan xavfsizlik borasida hamkorlik qilayotib, inson huquqlari va demokratiya masalalarini unutmasligi lozim, deydi  "Ozodlik" prezidenti. 

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Richard Baucher yaqinda Toshkentga safar qilganida mamlakatda huquqiy ahvol yaxshilanmoqda va oldinda hali ko'p ishlar qilinishi kerak degan edi. Tashrifdan so’ng "Ozodlik" muxbirlarini qoralovchi dastur namoyish etilgan.

Britaniyada istiqomat qilayotgan o'zbekistonlik jurnalist Shohida To’laganova rasmiy Toshkentning jurnalistlarga nisbatan harakatlarini “jirkanch” deb ataydi.  

Uning aytishicha, agar Yevropada shunday bo’lganida edi, "Ozodlik" rahbariyati jurnalistlarni isbotsiz va asossiz haqoratlagan telekanalni sudga bergan bo’lar edi. Lekin O’zbekistonda qonunlar ishlamaydi, deydi u.

"Ozodlik" radiosi Pragada asoslangan bo'lib, "Amerika Ovozi" kabi AQSh Kongressi tomonidan moliyalanadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi

  Boshqa xabarlar
Katta Yettilik inqirozga qarshi birga kurashadi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
NATO Afg'onistonda qoradori savdosiga harbiy zarba berilishiga rozi
AQSh razvedka hisobotida Afg'onistondagi ahvol ayanchli baholanadi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
Belarusni Kreml ta'sir doirasidan chiqarish mumkinmi?
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Jahonda iqtisodiy o'sish sur'ati keskin pasayishi kutilmoqda
Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang
Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara qilmoqchi
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda
Makkeyn va Obama bir-birini layoqatsizlikda ayblamoqda