Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi


15/07/2008

Xyug Perne
Xyug Perne Fransiyaning O'zbekistondagi elchisi
1 iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqiga raislik qila boshlagan Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi tashkilotning mintaqa va  O'zbekiston bilan munosabatlari yaqin kelajakda ancha mustahkamlanadi deya ishonch bildirmoqda. 

O'zbekistonda Yevropa Ittifoqi diplomatlari bilan qator uchrashuvlar o'tishi kutilmoqda.

Fransiyaning O`zbekistondagi elchisi Xyug Perne (Hugues Pernet) deydiki, respublika bilan munosabatlarda inson huquqlari va demokratiya masalasi kun tartibida qoladi.  

Oktabr oyida Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan amaldagi sanksiyani qayta ko'rib chiqadi.

Fransiya elchisi Yevropani mintaqaga tortayotgan sabablardan biri bu energetik zaxiralar ekanini tan oladi. "O'zbekiston bilan hamkorlik asosida esa",- deydi u, "mintaqaviy xavfsizlik yotadi". 

Germaniya ittifoqqa raislik paytida O'zbekistondagi inson huquqlari ahvoliga ko'z yumganlikda tanqid ostiga olingan edi.  

France flag
Fransiya Yevropa Ittifoqiga yil oxirigacha raislik qiladi
Fransiyaning Toshkentdagi bosh diplomati "bizning raisligimizni yil oxirida baholang", - demoqda.  Nikolya Sarkozi ma'muriyati ittifoqni kelasi olti oy davomida boshqaradi.

Fransiya elchisiga ko`ra Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston hamkorligida so'z erkinligiga bag'ishlangan anjuman o'tkazish rejalangan. Lekin uningh qayerda va qachon o'tishi noma'lum.   

26-29 iyul kunlari Yevropa Ittifoqi diplomatlari O`zbekistondagi vaziyat bilan tanishadi. Shu kunlari Toshkentda ittifoqning mintaqadagi elchilari yig'iladi. Fransiyaning Yevropa masalalari bo'yicha davlat kotibi Jan –Pier Juy ham O'zbekistonga tashrif buyurib, rahbariyat bilan so'zlashadi.

Elchi Xyug Perne respublikada bir necha huquq faollari qamoqdan ozod etilganini mamnuniyat bilan ta'kidlaydi.  Sharhlovchilar nazarida esa vaziyat o'zgarmagan va faollarni hibsga olish davom etmoqda.

Yevropa Ittifoqi mintaqa bilan qanday aloqa qilish haqida yangi strategiya qabul qilgan. Unda Markaziy Osiyoga iqtisodiy yordam ko'rsatish nazarda tutiladi. Jami 700 million yevro miqdorida.

Ittifoq O'zbekistonga ta'lim sohasini rivojlantirishda ham yordam taklif qilmoqda.

Joriy yil ittifoq Toshkentda o'z vakolatxonasini ochishi kutilmoqda.         

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Ozarbayjonda prezident Ilhom Aliyev ikkinchi muddatga saylandi

  Boshqa xabarlar
Prezidentlikka nomzodlar so'nggi teledebatda chiqadi
Ozarbayjonda prezident saylovlari o'tdi
AQSh moliyaviy inqirozni favqulodda chora bilan hal qilmoqchi
Vashington va Kobul Tolibon bilan gaplashish ustida o'ylanmoqda
Huquq faollari Yevropa Ittifoqining so'nggi qaroridan norozi
Saylovlar oldidan Internet qudratli axborot vositasiga aylandi
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Ko'hna Xivada mennonitlar tarixiga oid ko'rgazma ochiladi
Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga sanksiyalari qisman amalda qoladi
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available  Video clip available
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida