Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQShda yangi rahbar kim bo'lishi nimaga bog'liq?

01/09/2008

Voter deposits his authorization card into bin after he cast his vote in  electronic voting machine in Miami, Florida, Nov. 7, 2006

AQSh prezidentligiga nomzodlar Jon Makkeyn va Barak Obama har kuni saylovchilar bilan uchrashib, mamlakat oldida turgan muammolarga o'z yechimini taklif qiladi. 

AQShning oqsayotgan iqtisodiyoti – saylovda bosh mavzu.

"Iqtisodiy o'sishni ta'minlash, ish joylari yaratishga qaratilgan reja taklif qilaman",- deydi Makkeyn.

"Prezident bo'lsam o'rtahol oilalar kamroq soliq to'laydi, ularning og'irini yengil qilay deyman,"-deydi Barak Obama.

Nomzodlar xalq iqtisodiy jihatdan qiynalayotganini, ko'pchilik uy-joyidan ayrilayotganini yaxshi biladi. 

Masalan, Maykl Beyli Pensilvaniya shtati, Luistaun shahrida o'z restoraniga ega. Qimmatchilik biznesning beliga tepmoqda, narxlarni ko'tarishga to'g'ri keladi, deydi u.

"Yigirma-uch kiloli bir xalta un 13 dollardan 26 ga, so'ng 36 dollargacha ko'tarildi. Atigi bir necha hafta ichida. Shubhasiz, bir chora ko'rmasa bo'lmaydi. Hammaning og'zida shu gap",- deydi Beyli.

Democratic US presidential nominee Barack Obama waves to the crowd on day four of the Democratic National Convention in Denver, 28 Aug. 2008

Demokrat Xezer Suloff esa kichik tadbirkor. Benzin narxiga bir qarang, haydovchilar hamyoniga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda deydi.

"Neft narxini tushirish kerak. Odamlar cho'ntagi ko'tarmayapti, axir. Ishga qatnash uchun har kuni avtomobil minadiganlar haqida o'ylang",- deydi Suloff.

Alabama shtatidan Pamela Skott bir qarorga kelib bo'ldim, yosh va uddaburo senator Barak Obamaga ovoz beraman deydi.

"Iqtisod jar yoqasida, banklar odamlardan uylarini tortib olayapti. Amerikani ishsizlik, tushkunlik qamrab olgan. O'zgarishga tayyormiz",-deydi Skott. 

G'arbiy Virjiniya shtatidan Stiv Millerning ham o'z biznesi bor. Benzin narxi oshgan sari ishning mazasi yo'q, mijoz yo'q deya noliydi.

"Benzin 10 sentga oshsa, doimiy mijozlarimning 2-3 tasi ko'rinmay qoladi. Jiddiy gapiryapman",- deydi Miller.

John McCain campaining in South Dakota, 5 Jul 2008

Xullas, iqtisodiy qiyinchiliklar prezident saylovlarida bosh mavzu ekani aniq. Lekin boshqa mavzular ham bor. Virjiniya Universiteti olimi Larri Sabato: 

"Asosan xalqaro mavzular: Iroqdagi ahvol, Afg'oniston va umuman terrorizmga qarshi kurash. Bundan tashqari, saylovga ta'sir ko'rsatuvchi uchinchi darajali masalalar ham bor – iqlim va tabiat, ta'lim".

22-yoshli Ayan Gallaxer universitetda o'qiydi. Respublikachi senator Jon Makkeynga ovoz bermoqchi. Davlat xavfsizligi va terrorga qarshi kurash mavzularida unga tenglashish qiyin.

"Xavfsizlik va mudofaani birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim. Bizga hujum qilishga urinib kelayotgan yovuz niyatli kishilarni qo'lga olish, qayerda bo'lmasin ta'qib qilish kerak. Kim prezident bo'lmasin, demokratiya va erkinlikka ham urg'u bersin",- deydi Yan.

Ommaviy so'rovlar shuni ko'rsatmoqdaki Iroqdagi urush haqida fikrlar tarqoq. Allison Bab bo'lg'usi prezident askarlarni Iroqdan olib chiqishini istaydi.

"Iroqda xizmat qilayotgan do'stlarim, tanishlarim bor. Qaytsin ular uyga",- deydi Bub.

84-yoshli Jeff Bouman G'arbiy Virjiniya shtatida tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Qaysi nomzodga ovoz berishga hayronman, bir qarorga kelganim yo'q deydi.

"Iqtisod va ta'lim. Shu ikki mavzu men uchun muhim. Savodsiz jamiyatda demokratiya yemiriladi",- deydi Bauman.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatda bo'lgan boshqa ko'plab fuqarolar sog'liqni saqlash tizimi, iqlimdagi salbiy o'zgarishlar va immigratsiya kabi mavzularni ham tilga oldi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?

  Boshqa xabarlar
Xillari Klinton yangi davlat kotibi bo'ladi
O'zbekiston Rossiya aloqalari - yutuq va kamchiliklar
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
Amerika Ovozi muxlislar savoliga javob beradi
Pokiston Mumbay xurujiga aloqador ekanini keskin rad etmoqda
Neftni eksport qiluvchi davlatlar ta'minotni kamaytirmoqchi
Harbiylar Mumbay mehmonxonalarida nazoratni qo'lga oldi
Mumbaydagi xurujda ajnabiy kuchlar gumon qilinmoqda
Uyg'ur sobiq mahbuslarga AQShda boshpana berish so'ralmoqda
Mumbay hamon notinch; Hindiston-Pokiston munosabatlarida sovuqlik
Ozarbayjon xorijiy radio eshittirishlarni to'xtatmoqchi
AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklash yo'llarini izlamoqda
Shukur qilish har bir millat va dinga xos qadriyat
AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini o'zgartirishi lozim  Audio Clip Available
E'tiqodlararo totuvlik dunyoda tinchlik kafolatidir
AQSh iqtisodiyotni tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida  Audio Clip Available