Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Amerikada bola katta qilish kamida 200 ming dollarga tushadi

30/09/2008

[insert caption here]

Boshqa jamiyatlarda bo’lgani kabi
AQShda ham farzand katta qilish mashaqqatli vazifa. 

Hukumatga ko’ra o’rtahol oila, farzandi maktabni tamomlaguncha uning uchun 200 ming dollardan oshiq xarajat qiladi. 

Bunda oziq-ovqat, kiyim-bosh va bola tarbiyasi bilan bog’liq boshqa sarf-xarajatlar ham hisobga olingan. Buning ustiga Amerika ta’lim maskanlarida o’qish arzon emas. 

Farzand dunyoga kelishi, shubhasiz, ota-ona hayotidagi eng quvonchli damlar. Biroq bu ota-ona oldidagi ulkan moliyaviy majburiyatdir ham. AQSh hukumatiga ko'ra bola 18 ga kirgunicha ota-ona jami 204 ming dollar sarflaydi.

Olga Rijuk aslida ukrainalik. Moliyaviy maslahatchi bo'lib ishlaydi. "Farzand ko'rgan oila birinchi navbatda yaxshiroq sug'urta sotib olishi lozim. Ochig'ini aytganda, hayotdagi baxtsiz hodisalarga qarshi tayyorgarlik bu",- deydi Olga.

"Ayrimlar umrbod yashayman deb o'ylaydi, shekilli. Hayotini sug'urta qilmay, keyin pushaymon qilgan ko'p odamlarni uchratganman",- deydi mutaxassis.

AQSh Tibbiy tadqiqotlar agentligiga ko'ra tug'ruqdan oldingi xarajatlar kasalxona to'lovlari bilan qo'shib hisoblaganda o'rtacha 7 ming dollardan oshadi. Tibbiy sug'urta xarajatni to'laligicha qoplamaydi. Shu bois oila byudjetidan ancha-muncha mablag' ajratib qo'yish tavsiya qilinadi.

Positive feedback from Mom helps encourage Dad to be involved in caring for baby

Birinchi bor farzand ko'rayotganlar chaqaloqqa kerakli narsalarning ko'pligidan hayron: mashinaga o'tqazadigan maxsus stul, kolyaska, kiyim-bosh … Ekonom qilish uchun ota-onalar keragini boshqalardan oladi. Bik va turmush o'rtog'i Brendonga qarindoshalari-yu do'stlari yordamlashdi.

"Opalarim bor. Bolalari katta bo'lib qolgan. Ular bizga o'yinchoqlarini sovg'a qilishdi. Mahallada ham yosh onalar uchun yarmarkalar bo'lib turadi",- deydi ona.

Bik va Brendon bola ko'rib, uyda ancha o'tirib qolishdi. Endi ishga qaytish uchun bolani bog'chaga berish yoki ulardan biri uyda o'tirishi kerak bo'ladi. Xususiy yaslilar bahosi xizmat ko'lamiga qarab turlicha.

Bolalar tarbiyasi masalasi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarning aytishicha, bog'cha uchun ota-ona yiliga 14 ming dollargacha to'laydi. Yana bir yo'li Bik va Brendonga o'xshab tarbiyachi yollash. Ba'zida uydagilar ham qarashadi.

"Bilmadim, ularsiz qanday qilgan bo'lardik. Onam, aka-singillarim, hamma shu yerda. Juda omadlimiz",- deydi Bik.

Endi ijobiy taraflariga nazar tashlasak. Hukumat ota-onalarni o'z holiga tashlab qo'ymaydi, deydi Olga Rijuk. Bolani parvarishlash uchun yaxshigina soliq chegirmalari belgilangan.

"Federal hukumat soliqlarni kamaytirish hisobiga yordam beradi. Har bir bolaga deyarli 6 ming dollar",- deydi u.

Farzand ko'rib uni tarbiyalash inson uchun eng baxtli damlar… Ammo, deydi tajribali ota-onalar, bunga puxta tayyorlanish o'ta muhim. Bu haqda yaxshisi qahramon onalardan so'rang.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?

  Boshqa xabarlar
Xillari Klinton yangi davlat kotibi bo'ladi
O'zbekiston Rossiya aloqalari - yutuq va kamchiliklar
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
Amerika Ovozi muxlislar savoliga javob beradi
Pokiston Mumbay xurujiga aloqador ekanini keskin rad etmoqda
Neftni eksport qiluvchi davlatlar ta'minotni kamaytirmoqchi
Harbiylar Mumbay mehmonxonalarida nazoratni qo'lga oldi
Mumbaydagi xurujda ajnabiy kuchlar gumon qilinmoqda
Uyg'ur sobiq mahbuslarga AQShda boshpana berish so'ralmoqda
Mumbay hamon notinch; Hindiston-Pokiston munosabatlarida sovuqlik
Ozarbayjon xorijiy radio eshittirishlarni to'xtatmoqchi
AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklash yo'llarini izlamoqda
Shukur qilish har bir millat va dinga xos qadriyat
AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini o'zgartirishi lozim  Audio Clip Available
E'tiqodlararo totuvlik dunyoda tinchlik kafolatidir
AQSh iqtisodiyotni tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida  Audio Clip Available