Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Prezidentlikka nomzodlar so'nggi teledebatda chiqadi

15/10/2008

AQSh moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda prezidentlikka nomzodlar Amerikani tanazzuldan chiqarish yo'llarini taklif qilmoqda. Saylovlarga uch haftadan oz vaqt qolar ekan, bugun nomzodlar Nyu-York shtatida so'nggi teledebatda ro'baro' bo'ladi.

Saylov kampaniyasida asosiy diqqat Iroq va Afg'onistondan iqtisodiy mavzularga o'tgan. Prezidentlikka nomzodlarning har biri o'zini bu borada layoqatli ko'rsatishga harakat qilmoqda.

Demokratlardan nomzod senator Barak Obamaning aytishicha, moliya va iqtisodiyot har bir oilani tashvishga solayotgan mavzuga aylangan.

Obama taklif etayotgan 60 milliard dollarlik dasturga ko'ra, yangi ish o'rinlari ochgan kompaniyalarga soliq imtiyozlari, uy to'lovlarini eplay olmayotgan odamlarga esa qarzini to'lash uchun uch oylik muhlat beriladi.

Iqtisodchi Robert Shillerning aytishicha, har kuni 10 mingga yaqin uy egasi kreditni to'lay olmagani bois uyini bankka oldirib qo'ymoqda. "Shu sabab Obama dasturi ularga umid bag'ishlaydi," deydi u.

Respublikachilardan nomzod senator Jon Makkeyn dasturi hukumatga 53 milliard dollarga tushadi. Unga ko'ra, ishsizlik imtiyozlariga qo'yilgan soliq bekor qilinadi, nafaqaga chiqayotgan fuqarolar omonatlari himoyalanadi.

Siyosiy tahlilchilarga ko'ra, iqtisodiyot muammoga uchragan paytda saylovchilar odatda hukmron partiya nomzodiga qarshi ovoz beradi. An'ana buzilmaydigan ko'rinadi. Obama ijtimoiy so'rovlarda Makkeyndan kamida olti foiz oldinda ketmoqda.

Tahlilchi Stuart Rotenbergning aytishicha, Makkeynning kuchli tomonlari - bu harbiy va mudofaa masalalari, ammo ayni damda iqtisodiy muammolar birinchi o'ringa chiqqani bois, saylov kampaniyasida Makkeyn vaziyatni boy bermoqda.

Bugun jahon birjalarida aksiyalar bahosi kechagidan ko'ra pastroq. Moliyaviy tashkilotlar jahon iqtisodiyoti tanazzulga tushayotganidan xavotirda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?

  Boshqa xabarlar
Xillari Klinton yangi davlat kotibi bo'ladi
O'zbekiston Rossiya aloqalari - yutuq va kamchiliklar
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
Amerika Ovozi muxlislar savoliga javob beradi
Pokiston Mumbay xurujiga aloqador ekanini keskin rad etmoqda
Neftni eksport qiluvchi davlatlar ta'minotni kamaytirmoqchi
Harbiylar Mumbay mehmonxonalarida nazoratni qo'lga oldi
Mumbaydagi xurujda ajnabiy kuchlar gumon qilinmoqda
Uyg'ur sobiq mahbuslarga AQShda boshpana berish so'ralmoqda
Mumbay hamon notinch; Hindiston-Pokiston munosabatlarida sovuqlik
Ozarbayjon xorijiy radio eshittirishlarni to'xtatmoqchi
AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklash yo'llarini izlamoqda
Shukur qilish har bir millat va dinga xos qadriyat
AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini o'zgartirishi lozim  Audio Clip Available
E'tiqodlararo totuvlik dunyoda tinchlik kafolatidir
AQSh iqtisodiyotni tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida  Audio Clip Available