Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Parranda grippining xavfli turi Italiyada ham topildi


12/02/2006

Italiya Sog'liqni saqlash vaziri Franchesko Storache
Italiya Sog'liqni saqlash vaziri Franchesko Storache
Italiyada parranda grippining xavfli turi topilganini laboratoriya sinovlari tasdiqladi. Virus Pugliya, Kalabria va Sitsiliya xududlarida beshta oqqushda topilgan. Italiya Sog’liqni saqlash vaziri Franchesko Storachega ko’ra, oqqushlar Bolqon davlatlaridan uchib kelgan.

Kecha Gretsiya shimolida ham H5N1 virusining topilgani, virus Yevropa Ittifoqiga yetib kelganidan dalolatdir.

Italiya Sog’liqni saqlash vaziri hozircha virus odamlar uchun xavfsiz ekanligini, hamda bir qator choralar ko’rilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, H5N1 virusi topilgan joydan 3 kilometr radiusdagi barcha fermalar va hayvonlar tekshirib ko’rilmoqda. Yetti kilometr masofagacha esa kuzatuv yo’lga qo’yilgan. Yovvoyi qushlarni ovlash man etilgan.

Yevropa Ittifoqiga ko’ra, virus Ruminiya chegarasi yaqinida, Bolgariya botqoqliklarida ham topilgan.

Nigeriyada esa ayni paytda shifokorlar kasallikka chalingan ikki bolada parranda grippining xavfli H5N1 turi bor yoki yo’qligini aniqlashmoqda. Kong-Kongda o'tkazilgan laboratoriya sinovlari o'tgan haftada o'lgan ikki ayolning H5N1 bilan og'riganini ko'rsatdi. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti, shuningdek, Indoneziyada parranda grippidan yana ikki kishining o'lganini tasdiqladi. Mamlakatda grippdan o'lganlar soini jami 18 kishiga yetdi.

2003 yildan beri jahon bo'ylab parranda grippidan deyarli 90 kishi o'lgan.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?

  Boshqa xabarlar
Xillari Klinton yangi davlat kotibi bo'ladi
O'zbekiston Rossiya aloqalari - yutuq va kamchiliklar
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
Amerika Ovozi muxlislar savoliga javob beradi
Pokiston Mumbay xurujiga aloqador ekanini keskin rad etmoqda
Neftni eksport qiluvchi davlatlar ta'minotni kamaytirmoqchi
Harbiylar Mumbay mehmonxonalarida nazoratni qo'lga oldi
Mumbaydagi xurujda ajnabiy kuchlar gumon qilinmoqda
Uyg'ur sobiq mahbuslarga AQShda boshpana berish so'ralmoqda
Mumbay hamon notinch; Hindiston-Pokiston munosabatlarida sovuqlik
Ozarbayjon xorijiy radio eshittirishlarni to'xtatmoqchi
AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklash yo'llarini izlamoqda
Shukur qilish har bir millat va dinga xos qadriyat
AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini o'zgartirishi lozim  Audio Clip Available
E'tiqodlararo totuvlik dunyoda tinchlik kafolatidir
AQSh iqtisodiyotni tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida  Audio Clip Available