|
|
|
|
|
|
|
|
|
AQSh kelajakda lotin amerikaliklar mamlakati bo'ladi
AQSh hukumatiga ko'ra, yaqin 30-40 yilda mamlakat demografiyasi keskin o'zgaradi. Bu jamiyatda hozirgidek Yevropa kelib chiqishiga ega fuqarolar emas, lotin amerikalik va osiyoliklar ko'pchilikni tashkil eta boshlaydi.
|
|
|
|
|
|
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi
Amerika Rossiya bilan urushda zarba yegan Gruziyani tiklash uchun 1 milliard dollarlik yordam ko'rsatadi. "Rossiya Gruziyaning demokratik tuzumini barbod qila olmadi. Xalqaro hamjamiyat bu davlatni quvvatlashda davom etadi",- deydi Kondoliza Rays.
|
|
|
|
|
|
|
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida
AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan muloqot qilmoqchi, ammo Kreml strategik hamkorlik haqida unutishi kerak. Dmitriy Medvedev bunga javoban "Rossiya hech kimga boshini egmaydi", - deydi.
|
|
|
|
Gruziya va Rossiya kassetali bombalar ishlatgan
Kassetali bombalar parchalanuvchi aslahalar toifasiga kiradi. Yuzdan ortiq davlat ularni man etgan. Kassetalarda 96 dan 640 tagacha kichik bombalar bo'ladi. Human Rights Watch tashkilotiga ko'ra har ikki tomon ulardan foydalangan.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bayden Obamaning saylovdagi "hujumchisi" bo'ladi
Jo Bayden 65 yoshda. 29 yoshidan beri senatorlik qiladi. Siyosiy janglarga usta. Barak Obamaning raqibi Jon Makkeynni yaxshi biladi. Makkeyn singari uni ham jafokash arbob sifatida maqtashadi va bir paytning o'zida va'dabozlikda ayblashadi.
|
|
|
O'zbekiston-Rossiya aloqalarida burilish kutilmoqda
O'zbekiston G'arb va Rossiya bilan o'zaro manfaatlarga asoslangan,
muvozanatli aloqa yurita oladimi?
O'tgan 17 yil sarhisob qilinganda, Islom Karimov hamisha bir tomonga ko'proq og'ishi ko'zga tashlanadi.
|
|
|
Rossiya yoki NATO? Turkiya ikki o't orasida
AQSh harbiy kemalari Bosfor bo'g'ozi orqali Qora dengizga kirayotgani Rossiyaning kuchli noroziligiga sabab bo'lmoqda. 1936 yilda imzolangan shartnomaga muvofiq Bosfor bo'g'ozini Turkiya nazorat qilib keladi.
|
|
|
|
|
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?
Prezidentlikka nomzod senatorlar - Jon Makkeyn va Barak Obama tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitaga a'zo. Makkeyn Markaziy Osiyoga ko'p marta safar qilgan va mintaqa diktatorlar qo'lida deb keladi. Obama hozircha o'z qarashlarini tushuntirmagan.
|
|
|
AQShda yangi rahbar kim bo'lishi nimaga bog'liq?
Bugun amerikaliklar uchun eng muhim masala - iqtisod. Ikkinchi o'rinda xavfsizlik, jumladan Iroq va Afg'onistondagi urushlar. Prezidentlikka nomzodlar Barak Obama va Jon Makkeyn ulkan va'dalar bermoqda, biroq ularga ishonch past.
|
|
|
Jo Bayden vitse-prezidentlikni ko'zlamoqda
Prezidentlikka nomzod kishi avvalo o'ziga sherik tanlaydi – vitse prezidentlik uchun. Senator Jo Bayden ma'qul topilgani ko'pchilikni ajablantirdi, chunki Barak Obama o'zgarishlar davri keldi deb jar solmoqda. Bayden esa keksa siyosatchi.
|
|
|
|
|
Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Gruziya Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Rossiya fuqarolariga viza berish to'xtatilgan. Gruziyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari vatanga qaytmoqda. Mamlakat parlamenti bu qarorni yoqlab ovoz bergan.
|
|
|
|
|
Barak Obama Jon Makkeyn bilan bellashishga tayyor
Senator Barak Obama AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodlikni qabul qildi. Partiyaning Kolorado shtatida dabdaba bilan o'tgan qurultoyida siyosatni boshdan oyoq yangilashga so'z berdi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishi mumkin
Yevropa Ittifoqini boshqarayotgan Fransiya Rossiyaga nisbatan sanksiya qo'yilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Britaniya Tashqi ishlar vaziri Deyvid Miliband esa Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzmoqda deydi.
|
|
|
Barak Obama - "Amerikaning azaliy orzusi"
AQShning 232 yillik tarixida ilk marta, bir paytlar qul sifatida sotilgan va kamsitilgan, hatto bugungacha teng huquqli fuqaro sifatida o'rnini topishga qiynalayotgan qora tanlilar vakili prezidentlikka ravo ko'rilmoqda.
|
|
|
|
|
|
Klintonning daldasi Obamaga yordam berishi mumkin
AQSh senatori Xillari Klinton Demokratik Partiyani birdamlikka da'vat etib, yosh senator Barak Obamani prezident etib saylashga chaqirmoqda. Amerika yangi rahbar saylashga tayyorlanar ekan, "har bir daqiqa va har bir ovoz" g'animat deydi u.
|
|
|
Rossiya NATO tashkiloti bilan aloqalarni uzishga tayyor
"Rossiyaning NATOsiz ham kuni o'tadi", - deydi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev. Kreml Gruziya bilan imzolangan sulhga amal qilmayotganlikda ayblanmoqda. Lekin Yevropaning qator davlatlari Rossiyaga sanksiya qo'yish taklifiga qarshi.
|
|
|
|
|
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Eronga "yo'q" deyishi mumkin
Eron tashkilotga kirish niyatida qat'iy ekan, a'zolardan faqat Tojikiston uni bu borada quvvatlamoqda. Tahlilchilar nazarida Eronni qabul qilish siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirishi, manfaatlarni tahdid ostiga qo'yishi mumkin.
|
|
|
|
|
|
|
|
Pokiston yangi prezidentni saylashga tayyorlanmoqda
Pokistonda prezident saylovlari 6 sentyabrga belgilandi. Nomzodlar kelasi haftagacha ro'yxatdan o'tishi zarur. Pokiston Xalq Partiyasi rahbari, sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoning turmush o'rtog'i Osif Ali Zardariy prezidentlikka da'vogar.
|
|
|
O'zbekistonliklar nazarida Rossiya xaloskor
O'zbekistonda Rossiyaning 10 dan ziyod televizion kanallari kabel tarmog'i orqali translyatsiya qilinadi. Kavkazdagi mojaro haqida tasavvur Rossiya ommaviy axborot vositalaridan olingan ma'lumotga asoslanadi.
|
|
|
Rossiya NATO bilan hamkorlikni to'xtatdi
Shimoliy Atlantika harbiy alyansi Kremlga Rossiya qo'shini Gruziyadan butunlay chiqib ketsin deya shart qo'ygan. Bush nazarida Rossiya bergan va'dasiga amal qilmayapti. Kreml hamkorlikni to'xtatishni ma'qul topgan.
|
|
|
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?
Kavkazdagi mojaro Olimpiya musobaqasi bo'lganida, deydi amerikalik sharhlovchi Tomas Fridman, Rossiyaga vahshiylik uchun oltin, Gruziyaga o'ylamasdan chiqargan qarorlari uchun kumush, AQShga kaltafahm siyosati uchun bronza medali tekkan bo'lardi.
|
|
|
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
AQSh diplomatlari fikricha Rossiya Mixail Saakashvili hukumatini barbob qilmoqchi bo'ldi, ammo o'z obro'sini to'kdi. Kreml rasmiylari deydiki, Amerikaning boshqa davlatlarni baholashga haqqi yo'q, chunki uning o'zi agressiv siyosatga berilgan.
|
|
|
|
|
AQShning ikki yetakchi partiyasi ortidagi savollar
Eshak, mehnatkash jonivor,demokratik partiya timsoli. Fil esa, zabardast hayvon, qudratni anglatadi va respublikachilar partiyasi belgisidir. Bir yarim asrdan oshibdiki, Oq Uy va Kongressda mana shu partiyalar hukmronlik qilib keladi.
|
|
|
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Uzoq va mashaqqatli muzokaradan so'ng, Varshavada bu borada kelishuv imzolangan. Unga muvofiq AQSh Polshada 2013 yilga borib raketani urib tushirishga qodir 10 sistema, Chexiyada esa radar tizimi o'rnatadi.
|
|
|
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
"Kim nima deyayotgani muhim emas, xalqim ko'makka muhtoj", - deydi gruziyalik jurnalist Giya Abashidze. "Urush hech kimning boshiga tushmasin. Bu yerdagi xunrezliklarni ko'ribgina kim zo'ravon, kim jabrdiyda ekaniga guvoh bo'lasiz".
|
|
|
Pokistonda prezidentlikka endi kim keladi?
Pokistonda hukmron koalitsiya Parvez Musharraf iste'fosidan so'ng kimni prezident etib saylash usida o'ylanmoqda. Konstitutsiyaga ko'ra, parlament va mahalliy kengashlar bir oy ichida yangi rahbarni saylashi zarur.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Medvedev: Gruziya qilmishlari uchun jazolandi
"Biz tartib o'rnatdik. Gruziya jiddiy talofat ko'rdi",- deydi Rossiya prezidenti. "Gruziya mintaqa xalqini ezar ekan, biz chora ko'rishga majbur bo'ldik, aks holda yanada ko'proq odam halok bo'lgan bo'lardi".
|
|
|
Kavkazdagi mojaro O'zbekiston matbuotida yoritilmayapti
Ukraina Gruziyaga yordam berishga tayyor. Boltiqbo'yi respublikalari Rossiya harakatlarini qoralamoqda. Qozog'iston Kremlni quvvatlasa, Qirg'iziston mojaroni muzokara yo'li bilan hal etish tarafdori. O'zbekiston sukutda.
|
|
|
|
|
AQSh qora tanli prezidentga tayyormi?
Bu safargi saylov avvalgilaridan keskin farq qiladi. Irq, jins va din kabi omillar, hatto nomzodlarning yoshi saylov natijasiga ta'sir qilishi aniq. "Amerika Ovozi" fuqarolardan "qora tanli prezidentga ovoz berasizmi"? - deb so'radi.
|
|
|
|
|
|
Markaziy Osiyo - ziddiyatlar maskani
Sharhlovchilarga ko`ra Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik ijobiy darajada emas. Chegarada ahvol og`ir, davlatlar bir-biriga shubha bilan qaraydi.
|
|
|
Yaponiya Markaziy Osiyoda Xitoy bilan bellashmoqda
Yaponiya O'zbekistonga eng ko'p mablag' kiritayotgan sarmoyadorlardan - hamkorlik boshlagandan buyon mamlakat iqtisodiyotiga qariyb ikki milliard dollar ajratilgan. Rasmiy Tokio Toshkentni siyosiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlab keladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Markaziy Osiyo respublikalarida iqtisodiy vaziyat og'ir bo'lib, aholi orasida hukmron tizimga nisbatan norozilik ortib borayotgani va qo'shni Afg'oniston hamon notinch ekani, mahalliy tahlilchilar nazarida, mintaqada beqarorlik hissini kuchaytirmoqda.
|
|
|
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi
AQShda sobiq davlat kotiblari - Jeyms Beyker va Vorren Kristofer Kongressdan prezidentning urush e'lon qilish vakolatlarini cheklashni so'ramoqda. Toki, deydi ular, prezident urush boshlash yoki unda qatnashish uchun qonunchilardan ruxsat olsin.
|
|
|
|
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
Oxirgi 10 yil ichida dunyoning ko’plab davlatlarida rahbar lavozimlarni xotin-qizlar egallay boshladi. Shunday bo’lsada, ko’pchilik nazarida siyosiy doiralarda ayollar hamon kamchilik va hali-beri bu borada erkaklar bilan tenglasha olmaydi.
|
|
|
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Oliy Majlis BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha konvensiyasini ma'qullagan. Lekin bu O'zbekistonda yulg'ichlik, poraxo'rlik va xalq mulkini o'marish kabi muammolarga qarshi kurash boshlanadi degani emas.
|
|
|
|
|
Amerikada prezidentlik poygasi - avlodlararo kurash
Amerika tarixida nomzodlar o'rtasidagi farq har jihatdan bu qadar katta, omma o'rtasidagi bahsu-tortishuvlar bu darajada keng va keskin bo'lmagan. Bu - mafkura, ijtimoiy-siyosiy tafovutlar va avlodlararo munozara.
|
|
|
Alisher Soipov o'limi ustidan tergov juda sekin kechmoqda
Qirg'izistonlik jurnalist, "Amerika Ovozi" muxbiri, 2007 yil kuzida O'shda otib ketilgan Alisher Soipov o'limini tergov qilish jarayoni hamon natija bermagan. Uning otasi Avaz Soipovning aytishicha, tergovchilar muhim dalil-ashyolarni yo'q qilgan.
|
|
|
|